It tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot
It tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Tushda daydi itni ko‘rish — noxushlikdan darak beradi. Bunday tush hozirgi vaqtda yaqin do‘stingiz juda qiyin vaziyatda ekanligidan ogohlantiradi.
U sizning zimmangizga o‘z tashvishlarini yuklab qo‘yishni hohlamayotganligi sababli ham sizdan yordam so‘ramayotganligini bildiradi.
Tushingizda butunlay oq rangli itni ko‘rsangiz — o‘ngingizda doimo yaqin do‘stlaringizga ishonishingiz mumkinligini anglatadi. Bazida bu tush uzoq yillar mobaynida uchrashmagan do‘stingiz bilan uchrashib qolishingiz mumkinligi haqida ham xabar beradi.
Tushda butunlay qora rangli itni ko‘rish esa — o‘ngingizda ko‘p yillardan beri do‘st deb yurgan va doim ishongan qadrdon do‘stingizdan juda qattiq ko‘nglingiz qolishidan ogohlantiradi.
Qiyinchilik damlarda u nafaqat sizdan voz kechishi, balkim sizning eng nozik sirlaringizni nomingizni qoralash maqsadida ommaga yoyishi mumkinligini bildiradi.
Tushda it ko’rsa vanga tabiri bo‘yicha
Tushda baxaybat o‘lchamli itni ko‘rish — bu yaqin kunlarda bir inson bilan tanishib qolishingiz va u inson sizning eng vafodor do‘stingiz bo‘lishi haqida darak beradi. Bazida bu tush qadrdon do‘stingizdan madad olishingizni ham bildiradi.
Tushda itga ovqat berish — haqiqiy hayotda sizga ishonib bo‘lishini doim yordam qo‘lini cho‘zishingizni va vafodor do‘st ekanligingizni anglatadi. Siz mustaqil va jiddiy insonsiz shu sababga ko‘ra ham yon-atrofdagi insonlar sizni sevib hurmat qiladilar.
Tushda yarador yoki o‘lik itni ko‘rish — yomonlik alomati bo‘lib, yaqin kunlarda siz juda xunik xabar eshitasiz bu xabar do‘stingizning juda og‘ir betobligi hattoki uning o‘limi haqida bo‘lib sizning yuragingizni g‘amga to‘ldirishi mumkinligi haqida ogohlantirishdir.
Tush tabiri it miller tabiri bo‘yicha
Tushingizda sizni it himoya qilayotgan bo‘lsa — o‘ngingizda siz hech nimadan qo‘rqmasligingiz kerakligi zero sizni samolarda ilohiy kuchlar, farishtalar asrab avaylashini bildiradi.
Tushingizda sizga it hujum qilayotganini ko‘rsangiz — o‘ngingizda yaqin orada yovuz kuchlar sizning hayotingizni o‘z taraflariga og‘dirib olmoqchi ekanliklarini anglatadi.
Shayton malaylari sizning hayotingizga birin-ketin tashvishlar yog‘dirib, uni izdan chiqarishga harakat qilishlarini bildiradi.
Agar siz uning hujumiga qarshi chiqa olsangiz yovuz kuchlar ustidan g‘alaba qozonishingizni anglatadi.
Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...
Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil
Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...
Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil