Soat tushda tush tabiri

Soat tush tabiri tushda soat koʻrsa – Kishi tushidagi soat, oʻngda oʻzgarishlar yuz berishidan dalolat. Agar siz tushingizda soat necha ekanligini yoki soat koʻrsatkichlari nechchi raqamni koʻrsatyotganini eslab qolsangiz nur ustiga alo nur.

Tushda soat

Chunki hayotingizda sodir boʻlishi kerak boʻlgan ishlar aynan shu vaqtda yani soat strelkasi koʻrsatgan sana yoki kunda boʻlishi mumkin. Bordiyu siz tushingizda soat sotib olsangiz, yangi biznes ishi boshlashingiz mumkinligidan dalolat.

Agar tushingizda biron kimsa sizning oldingizcha soat sotib olganini koʻrsangiz, sizga yangi ish taklif qilishlari mumkin.

Tushda soat: Vanga tabiri

Bashoratchi vanga tomonidan tushdagi soat shunday tabir qilinadi. Kishi tushda soatga qarayotganini koʻrsa, Maqsadini amalga oshirish uchun dushmanlari yoʻl qoʻymaydi.

Tush tabiri soat

Bordiyu siz soatni oynasini sindirsangiz yoki oynasi singan soatni koʻrsangiz, oʻylamay qilgan ishingiz oʻzingizga pand beradi va bu ishingiz tufayli boshqalar oldida uyatga qolasiz. Agar ayol kishi tushda soatni yoʻqotib qoʻysa, bu oilaviy tashvishlarga, qiyinchiliklarga, uyida koʻngilsizliklar boʻlishidan ogoh etadi.

Tushda soat oʻgʻirlash juda ayyor dushmanlar borligidan ogoh etadi. Ularning xiylalari sizga pand berishi mumkin. Agar siz biron kimsaga soat hadya etsangiz, demak sizni kichkina koʻngilsizliklar kutmoqda. Tushdagi soat chiqqillashi sizni hafa qiladigan xabar eshitishingizga dalolat.

Tush tabiri soat: Miller tabiri

Miller tushdagi soatni shunday tallqin qiladi. kishi tushda qoʻlida soati borligi koʻrsa, uni qilgan yaxshi ishlari uchun taqdirlashadi. Tushdagi kattakon soat, anchadan beri kutilgan xabarni eshitasiz. Qadimiy soatlarni tushda koʻrsangiz, oʻtmish xamda kelajak haqida yaxshilab oʻylab olishingiz kerakligidan ogoh etadi.

Soat olish

Agar siz devorda osma soat koʻrsangiz, bu oʻzingizni qadrlamasligingizdan dalolat. Tushdagi qoʻl soati esa siz kutgan yaxshi kunlarga oz qolganidan ogoh etadi. Bordiyu siz tushingizda soat nechchi boʻlganiga qaramoqchi boʻlsangiz lekin bu ishning uddasidan chiqa olmasangiz, jiddiy xatar demakir. Olloh taolodan yordam soʻrsang, chunki u har narsaga qodir.

Bundan tashqari boshqa tabirlarda shunday deyiadi. Vaqt bilan bogʻliq boʻlgan barcha tushdagi narsalar qiyinchilik demakdir. Ayol kishi uchun esa tushdagi soat bir inson bilan tanishishiga hamda u inson bilan oila qurishiga dalolat.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil