Ta’birnomako‘ra tushdagi to‘tiqush

Har birimizga to‘tiqush cheksiz safsatani eslatadi.Tushda ushbu qushni ko‘rish qanday ma’noga ega?Ko‘plab talqinchilar ushbu voqealar rivojiga o‘z baholarini berishadi. To‘g‘ri talqinni topish uchun, barcha bashoratlar bilan tanishish kerak.

Ta'birnomako‘ra tushdagi to‘tiqush

Baqiror to‘tiqush

Zamonaviy talqinlarga ko‘ra, baqiroq to‘tiqush ishtirok etgan tush, hamkasblaringiz orasidagi quruq mish-mishlar va g‘iybatlarni bildiradi. Agar tushingizda to‘tiqushni gapirishga o‘rgatayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda shaxsiy hayotdagi ko‘ngilsizliklar g‘olib keladi. Sevgan odamingiz bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklarning sababi g‘iybatlar bo‘ladi.

Millerning ta’kidlashicha, tushingizdagi tinmasdan gapiradigan va kuylaydigan to‘tiqush, o‘ngingizdagi ko‘plab quruq gaplarniva foydasiz nishonlashlarni bashorat qiladi.

Indamasqush

Tushdagi indamas to‘tiqush nimadan darak berishi haqida o‘ylayapsizmi? Bunday tush hech qanday ortiqcha his-tuyg‘ular va kechinmalarsiz tinch va xotirjam hayotni va’da qiladi?

Agar tushda to‘tiqush uxlayotgan bo‘lsa, u holda o‘ngingizda sizning oilaviy hayotingiz sizni uyg‘unlik kutayotgan yangi bosqich arafasida.

Grishinaning aytishicha, to‘tiqush haqidagi tush boylik va omaddan darak beradi. 

 to‘tiqush tush tabiri

Tushda to‘tiqush qiyofasi

Tushda olachipor va rangbarang to‘tiqush nimadan darak beradi? Ba’zi talqinchilar sizning haddan tashqari ta’sirchanligingiz, rejalaringizni amalga oshirishga to‘sqinlik qilishini aytishadi. Osmondan yerga tushing. Axir, har qanday odam sizni laqillatishi mumkin. O‘zingizning fe’lingizni va xulqingizni o‘zgartirishga harakat qiling.

Universal ta’birnoma bo‘yicha tushdagi oq to‘tiqush o‘ngingizdagi omaddan darak beradi. Muloqot ko‘nikmalaringiz bilna oldingizga qo‘ygan maqsadingizga osongina erishishingiz mumkin. Agar tushingizda qora to‘tiqushni ko‘rgan bo‘lsangiz, u holda muammolarni va qiyin sinovlarni kuting. Bundan tashqari, bunday tush o‘zi bilan jiddiy kasalliklar va hatto o‘limni olib keladi. 

Qafasdagi to‘tiqush

Agar tushda qafasdagi to‘tiqushni ko‘rgan bo‘lsangiz, nimaga tayyorgarlik ko‘rish kerak? Grishina ta’birnomasining ta’kidlashicha, tushingizga kirgan qafasdagi to‘tiqush yo‘qotilgan ishonchni qaytarish xohishidan darak beradi? Agar to‘tiqushning ko‘rinishi g‘amgin va baxtsiz bo‘lsa, u holda sizga qandaydir xavf tahdid qilmoqda. Uning sababi odamning ahmoqligi bo‘ladi.

Tushni Shereminskaya bo‘yicha talqin qilsak, qafasga qamalgan to‘tiqush sizning haddan tashqari o‘zingizning kuchingizga bo‘lgan ishonchingizdan dalolat beradi.Buning natijasida sizning raqiblaringiz qisqa vaqt ichida sizdan ustun kelishi mumkin. 

Tushda qafasdan uchib ketgan to‘tiqushni ko‘rdingizmi? Shubhasiz sizga yaqinda qamoqdan chiqqan odamdan jiddiy xavf tahdid qilmoqda. Binoda qamalgan qushlar to‘dasi, o‘ngingizda omad va muvafaqqiyatdan darak beradi. 

Tushning boshqa talqinlari

Sayohatchining ta’birnomasiga ko‘ra, agar qiz bola tushida unga to‘tiqush sovg‘a qilinganini ko‘rsa, u holda yaqin kelajakda sevgilisiga uning fe’lining barcha jihatlari ochiladi. Agar tushda qush hayot alomatlarini ko‘rsatmasa, unda kundalik hayotda sizni g‘iybatlar qurshab oladi. 

Ta'birnomako‘ra tushdagi to‘tiqush

Ezop ham to‘tiqush haqidagi tushni talqin qiladi. Uning bashorat qilishicha, tushda to‘tiqushni ko‘rish, o‘ngingizda obro‘ va boyligingizni yo‘qotishga olib kelishi mumkin bo‘lgan, yovuz va yengil odamning malomatlariga qolishingizdan darak beradi. Medeyaning ta’birnomasiga ko‘ra, tushdagi to‘tiqush o‘ngingizda faqat bekorchi gaplarni olib keladi. Hayotda bu ish bilan shug‘ullanmaslikka harakat qiling.

Parvozda qanotlari qoqayotgan to‘tiqushni tushingizda ko‘rdingizmi? Bilingki, yaqin kelajakda sizga uzoqdan yangiliklar keladi. Agar to‘tiqush tushingizda mahkam bog‘langan bo‘lsa, unda o‘ngingizda sizga tuxmat qilishadi.

Qizbola tushida uning uyida yashayotgan to‘tiqushni ko‘rsa, nimadan darak beradi? Ehtimol, sevgilisi uning fe’lidan yoqimsiz hayratga tushadi.

Agar tushda to‘tiqush o‘lik bo‘lsa, ehtimol tush ko‘rayotgan odamning o‘ngida do‘stlarini yo‘qotishi kutilmoqda. 

Azarning ta’birnomasi, tushdagi to‘tiqush nimadan darak beradi degan savolga, faol va sergap mehmonlarning kelishini bashorat qiladi. XXI asr talqinchisining so‘zlariga ko‘ra tushingizga kirgan ekzotik qush faqat yaxshilikni bildiradi. Shubhasiz, o‘ngingizda sizni juda yoqimli o‘zgarishlar, baxt, quvonch va muvafaqiyat kutmoqda.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil