Soat nechida tugʻilgansiz

Kishining qanday hulq atvor va harakterga ega ekanligi, uning qaysi vaqtda va qay holatda tugʻilganligiga ham bogʻliq boʻladi.

24:00 dan 2:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida tugʻilgan insonlar sabr bardoshli, intiluvchang va xar narsaga qiziquvchangligi bilan boshqalardan ajralib turadi.

2:00 dan 4:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida tugʻilgan insonlar oʻz foydasi haqida koʻp oʻylaydigan, Tabiatan puhta va pishiq, shuning bilan bir qatorda ikki tomonlama ish koʻradiganlar.

4:00 dan 6:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida tugʻilgan insonlar vatanparvar boʻlishadi. Shu bilan bir qatorda ular oʻta dangalchi, haqiqatgoʻy va rostgoʻy insonlardir.

6:00 dan 8:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida tugʻilgan insonlar juda keng tasavvurlaydigan, orzu umidlardan toʻxtamaydigan shuning bilan bir qatorda biroz hayolparast ham boʻlishadi.

8:00 dan 10:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida tugʻilgan insonlar oʻzlariga ishonch va faktlar orqali ish tutishni yoqtiradi, ular aniq bir maqsadga ega jozibali insonlar qatoriga kiradi.

10:00 dan 12:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida tugʻilgan insonlar izzattalab, shuxratparast, mulozamatni hush koʻradigan insonlardir.

12:00 dan 14:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida tugʻilgan insonlar tavakkalchi va sarguzashtlarni yoqtiradigan kishilar qatoriga kiradi.

14:00 dan 16:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida tugʻilgan insonlar mehnat qilishni hush koʻradi, ularning yana bir hususiyatlari, qiyin vaziyatdan tezda halos boʻlishidir.

16:00 dan 18:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida tugʻilgan insonlar tinchlikni va yahshi insonlarni hurmat qiladi va ularni qadriga yetadigan kishilar qatoridandir.

18:00 dan 20:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida tugʻilgan insonlar kuchli iroda va ruhiyatga ega kishilardir.

20:00 dan 22:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida tugʻilgan insonlar birozgina shoshqaloq va tinib tinchimas kishilar qatoriga kiradi.

22:00 dan 24:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida tugʻilgan insonlar ichki dunyosi tarafidan birozgina faylasufroqdek koʻrinsada, biroq tashqi olami va oʻziga boʻlgan ishonchi kam kishilardir.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil