Qor tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Qor tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Tush tabiga ko‘ra tushda qorni ko‘rishingiz ko‘pincha tavba qilishingiz hamda hayotingizni yangidan boshlashingiz kerakligini anglatadi.

Tushda qor ko'rsa

Bordiyu tushda siz qor ustida hayratlanib turganligingizni ko‘rsangiz — sanoq boshi topilganligini ya’ni gunohlaringizni avf etilishi uchun to‘g‘ri yo‘lni bildiradi. Masjidga borib qilgan barcha notog‘ri ishlaringiz va gunohlaringiz uchun tavba qiling.

Agarda tushda siz qor uyumi ustida tipirchilayotganligingizni ko‘rsangiz – oldinda sizni jiddiy muommolar kutib turganligini anglatadi. Tushda qorbola yasayotganligingizni ko‘rsangiz — yutuqlaringiz to‘g‘risida yolg‘on so‘ylashingizni ifodalaydi.

O‘z o‘zingizga savol bering nahotki yolg‘onlaringiz olamida emas balki real hayotga qaytish o‘z yaqinlaringizga rost so‘zlash vaqti kelmadimi? Bu tushni ko‘rishingiz mana shu yolg‘on ichra yashashda davom etishingiz oxir oqibat katta janjallarga sababchi bo‘lishini anglatadi.

Tushingizda qora rangdagi, notoza, yumshoq qorni ko‘rishingiz – yomonlik alomatidir. Ushbu tush o‘ngingizda siz butunlay ishongan insoningiz sizga xiyonat qilishini va ko‘nglingizni qoldirishini anglatadi.

Bordiyu tushda siz oppoq qor ustida yurib ketayotganligingizni ko‘rsangiz – bu tush sizning foydangizga bo‘lib, siz haq ekanligingizni va haq hisoblanishingizni anglatadi.

Agarda tushda yana kuchli qor yog‘ayotganligini ko‘rsangiz bu juda ham yaxshi alomat bo‘lib – ish faoliyatingizda omad va katta moddiy daromaddan darak beradi. Olgan daromadingizda hayriya ishlariga ham sarf eting shunda daromadingiz turg‘un bo‘lishiga erishasiz.

Tushingizda barcha yon atrofingizning qor bilan o‘ralganligini ko‘rdingizmi? Bu baxtdan darakdir.

Tushda qor ko’rsa miller tabiri bo‘yicha

Tush tabiri qor

Miller tush tabiriga ko‘ra qor talqini: Agarda tushda oyna ortida qor parchalari yog‘ayotganligini siz esa buni kuzatib turganligingizni ko‘rishingiz – sevgan insoningiz bilan tortishuvlar, janjallarni anglatadi. Agarda qor parchalari eriyotgan bo‘lsa bu quvonchni ifodalaydi.

Tushingizda qor tepalikdan chanada uchib tushayotganligingizni ko‘rsangiz bu qanchalik quvonchli bo‘lgan bo‘lmasin o‘ngingizda yaqin bir insoningizni hech nimada aybdor emasligini isbot etish maqsadida qizg‘in bahs yuritishingizni hattoki janjallashishingizni bildiradi.

Tushingizda qor bilan o‘ralgan o‘rmonni sinchiklab kuzatayotganligingizni ko‘rdingizmi? Siz chinakam baxtga erishishingizni anglatadi.

Tushingizda notoza qorni ko‘rdingizmi? Nima ham derdik, tush tabiri bo‘yicha qor talqini shunaqa, siz murosaga kelishingiz, yon berishingizga to‘g‘ri kelishini bildiradi.

Tushingizda hovuchingizga qorni olib uni mazasini totib ko‘rayotganligingizni ko‘rishingiz – Behudalikni ifodalab, uni ta’mini totib bema’za yoki sovuqligidan kuyganligingizni ko‘rishingiz esa — o‘ngingizdagi xom xayollaringiz barbod bo‘lishini bildiradi.

Agarda tushingizda siz qor tepaliklarda tentirab daydib yurganligingizni ko‘rsangiz — qora kunlaringiz boshlanganligini, ammo keyinchalik yorug‘ kunlar ham kelishini bildiradi. Zero har bir yomonlik ortidan yaxshilik, har bir zulmat ortidan yorug‘lik bordir.

Tush tabiri qor svetkov tabiri bo‘yicha

Qor ko'rsa nima bo'ladi

Svetkov tush tabirlarini talqin etishda amaliy ravishda yondashadi va qor to‘g‘risida tushlarning ta’birini qanday izohlash mumkinligini butun daraja bilan tanishtiradi.

Tushingizda shunchaki qorni ko‘rishingiz — sevganingiz bilan uchrashuvni anglatadi. Agarda qor bilan ishqalaganligingizni ko‘rsangiz — orzularingizning amalga oshishidan darak beradi.

Tushingizda qor bilan bog‘liq nozik jihatlarga ahamiyat berishingiz kerak. Misol uchun: Bordiyu tushingizda siz qor ustida shunchaki shoshilmasdan yurib ketayotganligingizni ko‘rsangiz – sizni yoqimli o‘zgarishlar kutib turganligini anglatadi.

Agarda tushingizda siz qor ustida parishon holda daydib yurganligingizni ko‘rsangiz – baxtsizliklar bo‘lishi mumkinligini bildiradi.

Tushingizda qor ustida yugurib ketayotganligingizni ko‘rsangiz – sevgan insoningiz bilan uchrashuv hafsalangizni pir qilishini, qor uyumi ustiga yiqilganligingizni ko‘rishingiz esa muammolarni ifodalaydi.

Tushingizda shunchaki qorli hududni yoki daraxtlarning qor bilan o‘ralganligini ko‘rishingiz – moliyaviy daromad, boylikni, kuchli izg‘irin bo‘ron esa keyinchalik yengib o‘tadigan qiyinchiliklarni anglatadi.

Tushingizda tepalik ustidagi qorni ko‘rishingiz xushxabarlarni, qor uyumni ko‘rishingiz esa – shaxsiy hayotingizda sodir bo‘lishi kutilyotgan quvonchli lahzalarni anglatadi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil