2020- yil sentyabr oyi uchun qo’y burji munajjimlar bashorati

Sentyabr 2020 yil uchun munajjimlar bashorati: Qo’y

2020 yil sentyabr oyi qo’y burji ostida tug’ilgan insonlarning munajjimlar bashoratida tezliklarini biroz pasaytirishlari lozimligi, ortiqcha bosim ish faoliyatingizga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Bu oyda har bir qadamni o’ylab, belgilangan maqsadlarga asta-sekinlik bilan harakat qilgan holda erishish tavsiya etiladi. Sentyabr oyi qo’y burji vakillarining sevgi munajjimlar bashoratida  yangi tanishgan insoningizga bog’lanib qolishingiz mumkinligi qayd etiladi, ammo shuni yoddan chiqarmaslik kerakki yangi taassurotlar doimo  barqaror munosabatlarning o’rnini bosa olmaydi.

2020- yil sentyabr oyi uchun qo’y burji munajjimlar bashorati
qo’y

Qo’y burji – Ayollar  

2020 – yil sentyabr oyida qo’y burji ostida tug’ilgan yolg’iz ya’ni hech qanday munosabatda bo’lmagan ayollar his-tuyg’ularnining portlashiga tayyorgarlik ko’rishlari lozim. Ushbu oyda siz barcha voqealarning markazida bo’lasiz, yangi oshiqlaringiz qat’iylik bilan sizning e’tiboringizni o’zlariga jalb etishga harakat qiladilar va sizning diqqatingizni tortadi. Ushbu  burj ostida tug’ilgan qizlar kimni afzal ko’rishi ya’ni kim bilan munosabat bog’lashi mumkinligi haqida qaror qabul qiladi: yangi tanishgan qiziqarli inson bilan yoki uzoq va sinalgan oshiq yigitnimi. Shu bilan ular rashk va o’z jozibadorligiga ishonch hosil qilish, kurashish va hatto pushaymon bo’lish kabi tuyg’ularni his etadi. Qo’y burjining turmushga chiqqan vakilalari kuzning birinchi oyini mamnuniyat va oilaviy baxt va xotirjamlikda o’tqazadilar. Zerikib qolmasliklaringiz uchun esa, turmush o’rtog’ingiz bilan birgalikda dam olishga chiqish va munosabatlaringizga bir oz romantika qo’shish tavsiya etiladi.

Karyera va moliyaviy prognoz

Sentyabr oyida qo’y burji vakilalari o’z shaxsiy hayoti bilan mashg’ul bo’ladi,lar va zerikarli moliyaviy masalalarni hal qilishni yoki ish bilan shug’ullanishni sira istamaydilar. Ushbu burjning ko’plab ayol vakilalari sentyabr oyida yangi daromad manbalarini izlash o’rniga jamg’argan pullarini o’yin-kulgi, imidjni yangilash va turli taqinchoq yoki bezak to’plashni boshlaydilar. Kasbiy faoliyatingizda siz o’z vazifangizdan voz kechishni erinchoqlik qilishni boshlaysiz, qo’y burjining ba’zi vakilalari esa o’z mablag’lari hisobidan ishdan ruhsat so’rab dam olishga chiqadilar. Bunday xatti – harakatlar ushbu burj vakilalarining hamyonlarini tezda bo’shashiga olib keladi va oyning oxirida ular pulga muhtoj bo’lib qoladilar.         

Qo’y burji – Erkaklar  

Sentyabr oyida qo’y burji ostida tug’ilgan bo’ydoq erkaklar ayollar orasida shunchalik mashhur bo’lib ketadilarki, hatto ular avvalgi tinch holatni qo’msay boshlaydilar va bularning baridan dam olishni xohlashadi. Bu tartibsizlikda ularning o’zlarining ham aybi bor bo’lib, ular har bir ayolga e’tibor qaratib, xushomad qilishni boshlaydilar va ko’p qizlar buni munosabatlarning boshlanishi deb o’ylaydilar. Butun oy davomida bu burj vakillari munosabat o’rnatishlari uchun bir nechta qizlar orasidan, yakuniy tanlovni amalga oshira olmaydi. Ushbu burjning turmush qurgan vakillari turmush o’rtog’i tomonidan ko’p e’tiborda bo’ladilar va butun oy davomida ijobiy his-tuyg’ular his etadilar. Juftingiz bilan munosabatlaringiz romantic tarzda, barqaror va juda yoqimli bo’ladi.

Karyera va moliyaviy prognoz

Oyning birinchi o’n kunligida,  qo’y burji vakillaridan xavf bilan bog’liq pul topish usullariga e’tiborliroq bo’lishlari tavsiya etiladi. Investitsiyalar kiritish, qimmatli qog’ozlar birjasida o’ynash va o’z biznesining boshlanishi muvaffaqiyat bo’ladi. Oyning ikkinchi o’n kunligida yaxshi daromad olasiz va pulni faol ravishda sarflashni boshlaysiz. Siz tez-tez dam olishingiz emas, muvaffaqiyatga erishishingiz lozim bu uchun esa hozirgi omadingizni saqlab qolishingiz kerak, aks holda oyning oxirida pulsiz qolishingiz xavfi mavjud. Ushbu oy karyerangizda jiddiy o’zgarishlar kuzatilmaydi, lekin dangasa bo’lmasangiz keyinchalik lavozimingiz ko’tarilishi uchun sharoit yaratasiz.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil