2020 yil avgust oyi uchun sunbula (parizod) burji munajjimlar bashorati

2020 yil avgust oyidagi munajjimlar bashorati sunbula (parizod) burji ostida tug’ilgan insonlarga  o’z sog’lig’iga g’amxo’rlik qilishlarini maslahat beradi. Bu oy professional borada ham keskin va shiddatli bo’ladi, shu sababdan ham sizga ko’p kuch kerak bo’ladi. Yaqinlaringiz sizga katta yordam beradilar. Garchi bunga hech qanday ehtiyoj sezmasangiz ham, ularning yordamidan bosh tortmasligingiz lozim. 2020 yil avgust oyiga mo’ljallangan sunbula (parizod) burji sevgi munajjimlar bashorati shaxsiy hayotingizda yuz berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar haqida ogohlantiradi, ammo yomon xabarlarni ko’nglingizga juda yaqin olmasligingiz kerak.         

2020 yil avgust oyi uchun sunbula (parizod) burji munajjimlar bashorati

Burj bokirasi

Sunbula (parizod) – ayol

2020 yil avgust oyida turmushga chiqqan ya’ni oilali sunbula(parizod) burji vakilalari “uyining ob-havosi” faqatgina ularga bog’liq bo’ladi va faqatgina ular munosabatlarni davom ettirish yoki ettirmaslikni hal qiladi. Bu oyda ular juda ko’p qiyinchiliklarni yengishlari kerak bo’ladi, turmush o’rtog’i bilan aloqa ko’p hollarda nizolarni keltirib chiqaradi va faqat sunbula ( parizod) burj vakilalarigina chigal aloqalarni yumshatib va mojorolarning oldini olishadi. Agarda siz munosabatlaringizni saqlab qolmoqchi bo’lsangiz, ushbu oyda eringizga bosim o’tkazishni va uni tanqid qilishni bas qiling. Ushbu burj ostida tug’ilgan yolg’iz (juftsiz) vakilalari erkaklar orasida juda mashhur bo’ladilar. Sizda ko’plab yangi oshiqlaringiz, noz-karashma va iltifotlar bo’ladi. Sizga munosabatlarni boshlash taklif etiladi va bu burj vakilalari ushbu oyda qaror qabul qilishlari kerak.

Karyera va moliyaviy prognoz        

Avgust oyida sunbula (parizod) burji ayol vakilalari bor irodasini bir mushtga to’plashlari, dangasalik va umidsizlikka berilmasliklari kerak. Ushbu oyda ish muntazam va juda zerikarli (monoton) bo’ladi. Subula (parizod) burj vakilalari odatdagidan ko’proq charchay boshlaydilar va atrof-sharoitni o’zgartirishni xohlashadi. Ammo majburiyatlarni e’tiborsiz qoldirish sizning karyera va moliyaviy ahvolingizga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin, shu sababli siz ushbu zerikarli va monoton davrda ko’proq sabrli bo’lishingiz kerak. Bundan tashqari mayda-chuyda bezaklar yoki uy bezaklariga ko’p pul sarflash ham yaramaydi, aks holda siz keraksiz narsalar uchun hamyoningizga sezilarli darajada zara yetqazishingiz mumkin.

Sunbula ( parizod) burji – erkaklar         

Avgust oyida subula (parizod) burji yolg’iz (juftsiz) erkak vakillari haqiqiy oila qurish va jiddiy munosabatlar o’rnatish uchun kuchli istakni his qilishadi. Ushbu oyda bu istaklaringizni ro’yobga chiqarish uchun ko’p imkoniyatlarga ega bo’lasiz. Sunbula burjining ko’pgina erkak vakillari ayollar orasida muvaffaqiyatga erishadi , faqat qaysi qiz bilan jiddiy munosabatlarni boshlashga tayyor ekanligingizni tanlab olishingiz lozim. Oilali sunbula burj erkak vakillari turmush o’rtog’iga g’amxo’rlik qilishni va barcha ishlar hamda maishiy muammolarni hal qilishni o’z zimmasiga olishni xohlaydilar. Ammo haddan tashqari ko’p muammolarni o’z zimmangizga olishdan ehtiyot bo’ling, ba’zi muammolar er-xotinning o’zaro fikr almashishini talab qiladi. Agarda doim yolg’iz o’zingiz qaror qilsangiz, ayolingizni juda xafa bo’lishiga sababchi bo’lib qolishingiz mumkin.

Karyera va moliyaviy prognoz       

Avgust oyi, o’z biznesini boshlashga yoki kasbini tubdan o’zgartirishga qaror qilgan sunbmaqbul oy hisoblanadi. Umuman olganda, bu oy sunbula burji erkak vakillari uchun deyarli barcha boshlanayotgan ishlarda omadli bo’ladi, faqatgina fond birjasida qimmatli qog’ozlarga sarmoya kirituvchi o’yinlarda ishtirok etmasligingiz lozim. Avgust oyida sunbula burj ishbilarmon vakillari kelajakda biznesni kengaytirishga sabab bo’luvchi mo’may daromad topishlari mumkin. Bu oy moliyaviy jihatdan barqaror va muvaffaqiyatli bo’ladi. Ko’pchilik o’zining «moliyaviy yostiq» ni (pul jamg’arishga) to’ldirishga muvaffaq bo’ladi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil